REIWA GROUP令和グループ Bepul konsultatsiya

Reiwa Group · Toshkent

Toshkentda yapon tili kurslari

Yapon tilini endi boshlayapsizmi yoki bilimingizni davom ettirmoqchimisiz? Reiwa Group Yapon Tili Akademiyasida N5 dan N1 gacha darajalar bo‘yicha ta’lim, so‘zlashuv amaliyoti hamda JLPT va NAT-TEST imtihonlariga tayyorgarlik yo‘nalishlari mavjud.

Reiwa yapon tili darsida xattotlik mashg‘uloti

Yapon tilini noldan o‘rganish

Boshlang‘ich yo‘l hiragana, katakana va oddiy iboralardan boshlanadi. N5 darajasi tilga ilk qadam qo‘yayotganlar uchun mo‘ljallangan. Oldin yapon tilini o‘rgangan bo‘lsangiz, daraja testi natijasiga qarab mos guruh tanlanadi.

Ilk qadamlar

Yozuv bilan tanishish, kundalik salomlashuv va oddiy iboralar.

Keyingi bosqich

Mavjud bilimni aniqlash va o‘qishni mos darajadan davom ettirish.

Maqsadni belgilash

So‘zlashuv, til bilimi yoki imtihonga tayyorgarlik — konsultatsiyada maqsadingizni ayting.

N5 dan N1 gacha: qayerdan boshlash kerak?

N5 — boshlang‘ich, N1 — eng yuqori JLPT darajasi. Quyidagi qisqa tavsiflar o‘qish va tinglab tushunish mezonlariga taalluqli; guruh daraja testi bilan tanlanadi.

N5

Yapon tilining sodda asoslarini tushunish.

N4

Asosiy yapon tilini tushunish.

N3

Kundalik yapon tilini ma’lum darajada tushunish.

N2

Kundalik va turli vaziyatlardagi yapon tilini ma’lum darajada tushunish.

N1

Turli vaziyatlardagi murakkab yapon tilini tushunish.

JLPT darajalari: rasmiy tavsif

Til o‘rganish va imtihon maqsadini bog‘lash

Asosiy maqsadingiz imtihon bo‘lsa, JLPT tayyorgarligi yoki NAT-TEST tayyorgarligi sahifalarini ko‘ring. Yaponiyaga safar rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, til darslaridan tashqari Reiwa Travel xizmatlari bilan ham tanishishingiz mumkin.

Darslar Toshkentda

O‘quv markazi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor massivi, 4B manzilida joylashgan. Guruh jadvali va o‘qish narxini konsultatsiyada aniqlashtiring. Ofisga kelishdan oldin qo‘ng‘iroq qilib qo‘yishingiz mumkin.

Reiwa Group bilan tanishing

Jamoa, saytdagi mashg‘ulot va safar suratlari bilan tanishing. Ofis manzili va xarita shu sahifada berilgan.

Savollar

Yapon tili kurslari haqida savollar

Yapon tilini noldan boshlasam bo‘ladimi?

Ha. N5 boshlang‘ich darajasi hiragana, katakana va oddiy iboralardan boshlanadi.

Oldin o‘qigan bo‘lsam, qaysi guruhni tanlayman?

Guruh daraja testi natijasiga qarab tanlanadi. Konsultatsiyada avvalgi o‘qishingiz va maqsadingizni ayting.

Dars jadvali va narxini qayerdan bilaman?

Jadval va o‘qish narxi haqida aloqa bo‘limi orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Darslar qayerda o‘tiladi?

O‘quv markazi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor massivi, 4B manzilida joylashgan.

Aloqa

Yapon tili kursi bo‘yicha maslahat

Darajangiz, maqsadingiz va darsga qulay vaqtingizni yozing. Guruh, jadval va narxni aniqlashtiramiz.

Ish vaqti
Dushanba — Shanba · 09:00 — 18:00
Ijtimoiy tarmoq
@japancamp_uz · Telegram

Ofisga kelmoqchi boʻlsangiz, oldindan qoʻngʻiroq qilib qoʻying — sizni kutib olamiz.

Kurs bo‘yicha murojaat

Telefon raqamingiz va maqsadingizni qoldiring. Jamoa siz bilan bog‘lanadi.

Yoʻnalish

Ofis

Bizni shu manzildan topasiz

Sebzordagi ofisimizga bemalol kelavering: yoʻnalishlarni joyida koʻrib chiqamiz, savollaringizga bir choy ustida javob beramiz.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor massivi, 4B

Yoʻl koʻrsatish
Mos guruhni muhokama qilishYoʻnalishni birgalikda tanlaymiz